Olis hududdagi yoshlar bilan bayram tadbiri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman Jasliq ShFY hududida joylashgan 57-sonli maktab yoshlari bilan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Bir davrning ikki dahosi" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash maqsadida tadbirga Nukus harbiy prokuraturasi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi hamda Chegara qo‘shinlari harbiy qismi vakillari taklif etilib, uchrashuv davomida yoshlar bilan kasbga qiziqtirish bo‘yicha suhbat o‘tkazdilar. Tadbir yakunida mehmonlar tomonidan yosh iste’dod egalariga sovg‘alar topshirildi.